Istanbul shahrida Isroil konsulligiga qilingan qurolli hujum yuzasidan 12 nafar shaxsni hibsga olindi

Turkiya huquq-tartibot idoralari Istanbul shahrida Isroil konsulligiga qilingan qurolli hujum yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida 12 nafar shaxsni hibsga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxslar zo‘ravonlikka da’vat qilish hamda terakt ijrochilarini qurol bilan ta’minlashda gumon qilinmoqda. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni Istanbulda sodir bo‘lgan hujum chog‘ida hujumchilardan biri o‘ldirilgan, yana ikki nafari yaralangan edi. Shuningdek, voqea vaqtida jarohat olgan turkiyalik politsiya xodimi shifoxonada vafot etgani ham qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing