Nigeriyada bozordagi aviatsiya zarbasi oqibatida 200 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada bozorda yuz bergan aviatsiya hujumi natijasida taxminan 200 kishi hayotdan ko‘z yumgani xabar qilindi.
Reuters agentligi mahalliy aholi va hududiy kengash vakillariga tayanib xabar berishicha, Yobe shtatidagi qishloq bozoriga Nigeriya havo kuchlari tomonidan berilgan zarba katta talafotga sabab bo‘lgan.
Harbiylar Borno shtatida “Boko Haram” guruhiga qarshi amaliyot o‘tkazilganini bildirgan bo‘lsa-da, bozordagi fuqarolar orasida qurbonlar haqida rasmiy izoh bermagan.
Yobe rasmiylari esa zarba Jilli bozori yaqinidagi hududga to‘g‘ri kelganini tasdiqlab, ayrim odamlar jarohat olganini qayd etgan, biroq aniq raqamlarni keltirmagan.
Mahalliy kengash vakili Lavani Zanna Nur Geydam hujum oqibatida 200 dan ortiq inson halok bo‘lganini taxmin qilgan. Ayrim mahalliy aholi hamda xalqaro gumanitar tashkilot vakillari ham shunga o‘xshash ma’lumotlarni bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!