date

So‘nggi 44 kun ichida Yevropa 22 milliard yevro yo'qotdi

So‘nggi 44 kun ichida Yevropa 22 milliard yevro yo'qotdi

Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula von der Leyenning ma’lum qilishicha, so‘nggi 44 kun ichida Yevropa Ittifoqi energiya importi uchun to‘lovlar keskin oshib, 22 milliard yevrodan ortiq qo‘shimcha xarajat yuzaga kelgan.

Uning ta’kidlashicha, bu holat Yaqin Sharqdagi beqaror vaziyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, energiya ta’minot zanjiriga kuchli bosim o‘tkazmoqda. Natijada Yevropa bozori import xarajatlarining keskin oshishi bilan yuzlashmoqda.

Fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davr ichida Yevropa Ittifoqi katta miqdorda mablag‘ sarflagan bo‘lsa-da, energiya resurslari yetkazib berilishi sezilarli darajada oshmagan. Bu esa energetik muvozanat va xavfsizlik borasidagi muammolarni yanada keskinlashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » So‘nggi 44 kun ichida Yevropa 22 milliard yevro yo'qotdi