Samsung Galaxy S27 flagmanlari xotira va tezkorlik borasida yangi bosqichga chiqadi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Samsung Galaxy S27 flagmanlari 12 GB tezkor xotira va 256 GB, 512 GB yoki 1 TB doimiy xotira variantlarida taqdim etilishi kutilmoqda.
- Galaxy S27 Ultra modeli esa 16 GB tezkor xotira bilan ham mavjud bo'ladi.
- Galaxy S27 Pro va S27 Ultra yangi LPDDR6 operativ va UFS 5.1 flesh-xotira texnologiyalarini qo'llaydi.
- Ushbu ma'lumotlar yeux1122 taxallusi bilan tanilgan insayder tomonidan oshkor etilgan.
Kelgusi avlod Samsung Galaxy S27 flagman turkumi qurilmalarining dastlabki xotira konfiguratsiyalari va texnik xususiyatlari internetda oshkor qilindi. Tarun Vats ismli insayderning yeux1122 taxallusi bilan tanilgan manbaga tayanib tarqatgan maʼlumotlariga koʻra, yangi turkum smartfonlari nafaqat hajm, balki xotira tezligi borasida ham sezilarli oʻzgarishlarni boshidan kechiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu sizdirib yuborilgan maʼlumotlar texnologiyalar olamida katta qiziqish uygʻotdi, chunki Samsung har yili oʻz flagmanlarining unumdorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratadi. Yangi avlod qurilmalari mobil bozordagi raqobat muhitini yana-da keskinlashtirishi kutilmoqda.
Modellar boʻyicha xotira turlari va hajmlari
Maʼlumotlarga koʻra, bazaviy Galaxy S27 modeli 12 GB tezkor xotira hamda 256 yoki 512 GB doimiy xotira variantlarida taqdim etiladi. Shuningdek, Galaxy S27+ ham xuddi shunday — 12 GB operativ va 256 yoxud 512 GB flesh-xotira imkoniyatlari bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda.Qatorga qoʻshilishi kutilayotgan Galaxy S27 Pro modeli esa 12 GB tezkor xotira bilan jihozlanib, uning maksimal doimiy xotira hajmi 1 TB gacha yetishi mumkin. Avvalroq boshqa bir insayder WalleGalaxy ham shunga oʻxshash maʼlumotlarni tarqatgan edi.
Galaxy S27 Ultra — turkumning eng ilgʻor vakili
Oilaning eng qudratli vakili boʻlgan Galaxy S27 Ultra modeli xotira tanlovi boʻyicha eng keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Xususan, ushbu flagman 12 GB operativ xotira bilan birgalikda 256 yoki 512 GB doimiy xotirada, shuningdek, 16 GB tezkor xotira va 1 TB hajmga ega eng yuqori modifikatsiyada sotuvga chiqariladi.Mutaxassislarning taʼkidlashicha, faqatgina Ultra versiyasinigina 16 GB operativ xotira bilan taʼminlanishi eng talabchan foydalanuvchilar va mobil oʻyin ishqibozlari uchun moʻljallangan muhim qadamdir.
Yangi avlod LPDDR6 va UFS 5.1 xotiralari
Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, xotira hajmidan tashqari, Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellari tubdan yangi texnologiyalarga oʻtadi. Ushbu smartfonlar yanada tezkor ishlashni taʼminlovchi LPDDR6 operativ xotirasi hamda UFS 5.1 flesh-xotirasi bilan jihozlanadi.Taʼkidlash joizki, yeux1122 taxallusi ostidagi insayder oʻtmishda iPhone Air xususiyatlari, Samsung Galaxy Z TriFold haqidagi tafsilotlar hamda iPhone 16 turkumining tezkor xotira hajmi kabi maʼlumotlarni aniq aytib bergani sababli, uning bu galgi xabarlari ham yuqori darajada ishonchli baholanmoqda.






























Izohlar 0
…