Shvetsiya bosh vaziri teraktda qo‘llangan mashinadagi bombadan 400 metr nariroqda bo‘lgan

1 daqiqa o'qish6.3K
Shvetsiya bosh vaziri teraktda qo‘llangan mashinadagi bombadan 400 metr nariroqda bo‘lgan

Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven 7 aprelda mahalliy qaqt bilan soat 22.00larda shu kunning o‘zida kunduzi sodir etilgan terakt joyiga qurbonlar xotirasiga gullar qo‘yishga kelgan. Lyoven teraktda qo‘llangan yuk mashinasi ichida undan keyinroq topilgan bombadan bor-yo‘g‘i 300-400 metr nariroqda bo‘lgan. Bu haqda SVT telekanali polisiyadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Polisiyadagi manbaning aytishicha, bosh vazir voqea joyiga kelganda yuk mashinasidagi portlovchi qurilma hali topilmagan bo‘lgan va mashinaning ichida qolgan. Uning aytishicha, huquq-tartibot idoralari bombani bosh vazir tashrifidan bir necha soatdan keyingina aniqlashgan.

Manbaning ta’kidlashicha, bosh vazir ichida portlovchi qurilma bo‘lgan yuk mashinasidan 300-400 metr nariroqda bo‘lgan va bu huquq-tartibot idoralari "bo‘lib o‘tgan voqeaning jiddiyligini oxirigacha tushunib yetmaganlaridan" darak beradi.

Avvalroq Shvetsiya huquq-tartibot idoralari xodimlari yuk mashinasi ichida portlovchi qurilma bo‘lgan sumkani topishgani ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprelda kunduzi Stokholmdagi Sergelstorg maydonida yuk mashinasi haydovchisi mashinasini odamlar ustiga bostirib borgan. Mashina univermagga urilib, yonib ketgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohat olgan.

Yuk mashinasi haydovchisi ushlangan. U 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. Unga nisbatan terakt amalga oshirish aybi qo‘yilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?