Shvetsiyada quyonlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi

Shvetsiyada quyonlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi

2026 yil 9–11 oktyabr kunlari Shvetsiyada quyonlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘tkazildi. Shvetsiya quyonlar sakrashi federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, musobaqa Bostad shahrida tashkil etildi.

Chempionatda quyonlar to‘g‘ri va burama yo‘laklarda to‘siqlardan o‘tish, balandlikka hamda uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida bellashdi. Balandlikka sakrashda saralashdan o‘tish uchun quyon kamida 75 santimetr, uzunlikka sakrashda esa kamida 2 metr masofaga sakray olishi kerak edi.

Quyonlar sakrashi — Skandinaviyada keng tarqalgan sport turi. Shvetsiya quyonlar sakrashi federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, u 1970 yillarning oxirida mamlakatda paydo bo‘lgan. Dastlabki musobaqa qoidalari otlar o‘rtasidagi to‘siqlardan sakrash bahslaridan ilhomlanib ishlab chiqilgan, keyinchalik esa quyonlarga moslashtirilgan.

Bugungi kunda ushbu sport turi Shvetsiya, Norvegiya, Finlyandiya va Daniya kabi mamlakatlarda keng tarqalgan. Shuningdek, Germaniya, Shveysariya va Chexiyada ham quyonlar sakrashi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar