AQSH Eron uranini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqdami?

1 daqiqa o'qish293
AQSH Eron uranini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqdami?

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning boyitilgan uran zaxiralari qat’iy nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Vashington bu masalani doimiy kuzatib bormoqda va zarur holatda keskin choralar ko‘rishi mumkin.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ertami-kechmi Eronning boyitilgan uran zaxiralarini qo‘lga kiritadi. U bu jarayonni AQSH Kosmik kuchlari har kuni kuzatayotganini aytdi. Prezident, shuningdek, mazkur obyektlarga kimdir yaqinlashsa, bu haqda darhol xabardor bo‘lishlarini va zarur holatda hujum qilinishi mumkinligini ta’kidlagan.

AQSH yetakchisi Yaqin Sharqdagi boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi. U Vashington “Hizbulloh” bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish maqsadida Livan bilan hamkorlikni davom ettirayotganini bildirdi.

Tramp Isroilning Livan hududiga hujumlari haqida ham fikr bildirib, endi bunday bombardimonlarga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi. “Isroil endi Livanni bombardimon qilmaydi. AQSH bunga yo‘l qo‘ymaydi. Yetarli”, — deya ta’kidladi u.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?