16:20 / 20.04.2017
5 427

Qodirov Suriyada Checheniston batalonlari ishi haqida gapirdi

Qodirov Suriyada Checheniston batalonlari ishi haqida gapirdi
Chechenistondan bo‘lgan ikkita batalon Suriyada bir-birini ikki-uch oyda almashtirib turadi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov RT’ga bergan intervyusida xabar qildi deb yozmoqda Kun nashri.

"Bizda u erda yana bir batalon bor, ular bir-birini almashtirib turadi, tajriba – ularda bu hech qanday yangi holat bo‘lmadi, sababi aksariyat musulmonlar bo‘lib, ular bu yo‘lni bosib o‘tishgan hamda terrorchilarni xalqqa bo‘lgan munosabati, ularning naqadar razillik bilan ish tutishi, qanday portlatishlarini ko‘rishgan", - deya aytib o‘tdi Qodirov. Uning qo‘shimcha qilishicha, batalonlar bir-birini har ikki-uch oyda almashtirib turadi.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, batalon jangchilari mudofaa vazirligi mukofotlari bilan taqdirlangan. “Ular xavfsizlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shishdi, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishgan va mudofaa vazirligiga qaraganda, ular buning uddasidan chiqishdi. Ular mukofotlar olishgan”, - deya ta’kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, batalon Suriyadagi vaziyatni o‘rganish bilan ham shug‘ullangan. Bu terrorizm bilan kurash olib borishda yordam beradi. "U erdagi vaziyat – bu bizda bo‘lgan holatning o‘zginasi, o‘sha ssenariy. Yigitlar kerak bo‘ladigan narsani olishmoqda, bu xavfsizlik tuzilmalariga ham joriy etilishi mumkin hamda ulardan nima kutish kerakligini yuz foizga tushunishda yordam beradi", - deya ta’kidlab o‘tdi Checheniston rahbari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)