14:33 / 27.04.2017
6 905

Elburs cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist 4,9 ming metr balandlikdan quladi

Elburs cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist 4,9 ming metr balandlikdan quladi
Elburs cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist tepalikdan quladi deb xabar berdi Kun nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida Elbursning sharqiy tomonida, dengiz sathidan 4,9 ming metr balandlikda ikki alpinist pastga qulagani haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh to‘rt kishidan iborat bo‘lgan.

FVVning Elburs tog‘ qidiruv-qutqaruv otryadi rahbari Abdulloh Gurievning so‘zlariga ko‘ra, ikki alpinist ham halok bo‘lgan.

"Bu rossiyalik turistlar guruhi bo‘lib, ulardan ikki nafari hatto ro‘y bergan voqeadan keyin ham tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilishda davom etgan. Halok bo‘lganlar - tajribali gidlar, ko‘pichna Elbursdagi alpinistlarga hamrohlik qilishardi. Ularning ikkisi ham Nalchikda yashar edi. Alpinistlarning qulashiga tog‘ yonbag‘ridagi ochiq muz sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - qo‘shimcha qildi Guriev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Elburs cho‘qqisiga ko‘tarilayotgan ikki alpinist 4,9 ming metr balandlikdan quladi