Hindistonda Telegram nega bir haftaga bloklangani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish161
Hindistonda Telegram nega bir haftaga bloklangani ma’lum bo‘ldi

Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarini qayta topshirish jarayonida Telegram messenjeri 22 iyungacha vaqtincha bloklandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

21 iyun kuni mamlakat bo‘ylab millionlab abituriyentlar tibbiyot oliygohlariga milliy kirish imtihoni — NEET-UG‘ni qayta topshiradi. May oyida o‘tkazilgan imtihon natijalari savollar tarqalib ketgani haqidagi ayblovlar sabab bekor qilingan edi.

Imtihonlarni tashkil etuvchi Milliy imtihon agentligi ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlab, bu chora “platformadan firibgarlar tomonidan abituriyentlarni aldash maqsadida uyushgan tarzda foydalanilishi”ga javoban qabul qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bir nechta Telegram kanallari ma’murlari abituriyentlar va ularning ota-onalaridan imtihon savollari sifatida taqdim etilgan materiallarga kirish uchun yuz minglab rupiy talab qilgan. Idora vakillari esa bunday materiallar himoyalangan imtihon tizimidan tashqarida mavjud emasligini ta’kidlagan.

Internet foydalanuvchilari va huquq himoyachilari mazkur taqiqni tanqid qilib, uni imtihonlardagi firibgarlik bilan bog‘liq ancha jiddiy muammoning vaqtinchalik yechimi deb atadi.

Ma’lumot uchun, NEET — Hindiston tibbiyot kollejlariga qabul qilishning asosiy imtihoni hisoblanadi. 2026 yil 3 may kuni o‘tkazilgan imtihonda mamlakat bo‘ylab 2,28 million nafar abituriyent ishtirok etgan. Oradan bir necha kun o‘tib, imtihon savollari tarqalgani haqidagi xabarlar jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng Milliy test markazi natijalarni haqiqiy emas deb topib, qayta imtihonni 22 iyunga belgiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?