Kanada konida ikki milliard yillik suv topildi

1 daqiqa o'qish4.6K
Kanada konida ikki milliard yillik suv topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Kanadadagi Ontario provinsiyasida joylashgan Kidd-Krik konidan taxminan ikki milliard yil davomida tashqi muhitdan ajralgan holda saqlanib kelgan suv namunasi topildi.
  • Yer qa’ridan qariyb uch kilometr chuqurlikdan olib chiqilgan ushbu suyuqlikning tarkibdagi tuz miqdori dengiz suviga nisbatan o‘n baravar yuqori bo‘lib, achchiq ta’m va kuchli oltingugurt hidiga ega ekani aniqlandi.

Kanadadagi chuqur konlardan birida olimlar ilm-fan uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan noyob topilmani aniqladi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, Ontario provinsiyasida joylashgan Kidd-Krik konidan taxminan ikki milliard yil davomida tashqi muhitdan ajralgan holda saqlanib kelgan suv namunasi topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suv yer qa’ridan qariyb uch kilometr chuqurlikdan olib chiqilgan. Ilmiy tahlillar ushbu suyuqlik milliardlab yillar mobaynida tog‘ jinslari orasida “qamalib” qolganini va atmosfera bilan hech qanday aloqa qilmaganini ko‘rsatgan.

Mutaxassislar suvning yoshini aniqlash uchun uning tarkibidagi geliy, neon, argon va ksenon kabi atsil gazlarni o‘rgangan. Aynan shu elementlar olimlarga suv qancha vaqt yopiq muhitda saqlanganini hisoblash imkonini bergan.

Tadqiqotchilarni hayratga solgan yana bir jihat — suvning tarkibi juda sho‘r ekani bo‘ldi. Qayd etilishicha, undagi tuz miqdori dengiz suviga nisbatan o‘n baravar yuqori. Shuningdek, suv o‘ziga xos achchiq ta’m va kuchli oltingugurt hidiga ega ekani aytilmoqda.

Eng qiziqarlisi, mazkur qadimiy suv tarkibida hayot belgilari ham aniqlangan. Olimlar suvda mikroorganizmlar mavjudligini qayd etib, ular quyosh nurisiz, minerallar va suv o‘rtasidagi kimyoviy jarayonlar hisobiga yashab kelgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mutaxassislar ushbu kashfiyotni Yer sayyorasining uzoq o‘tmishi haqida ma’lumot beruvchi o‘ziga xos “vaqt kapsulasi” deb baholamoqda. Uning o‘rganilishi yer osti muhitida hayot qanday shakllangani va mikroorganizmlar milliardlab yillar davomida qanday sharoitlarda yashab qolganini tushunishga yordam berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?