Kanadadagi noyob topilma olimlarni hayratga soldi

1 daqiqa o'qish15.7K
Kanadadagi noyob topilma olimlarni hayratga soldi

Geologlar Kanadaning Ontario provinsiyasida joylashgan Kidd-Krik konidan Yer po‘stlog‘ida taxminan ikki milliard yil davomida tashqi muhitdan izolyatsiyalangan holda saqlanib qolgan suvni aniqladi. Bu haqda Toronto universiteti tadqiqotiga tayanib, “Space Daily” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suv namunasi taxminan uch kilometr chuqurlikdan yer yuziga olib chiqilgan. Tahlillar ushbu suv uzoq vaqt davomida qadimgi tog‘ jinslari qa’rida “qamalib qolgani” va atmosfera bilan mutlaqo aloqada bo‘lmaganini ko‘rsatgan.

Olimlar suvning yoshini aniqlashda unda erigan geliy, neon, argon va ksenon kabi atsil gazlar tarkibidan foydalangan. Mazkur elementlar yopiq muhitda asta-sekin to‘planib borgani sababli, suvning qancha vaqt davomida izolyatsiyada bo‘lganini baholash imkoni paydo bo‘lgan.

Kanadadagi noyob topilma olimlarni hayratga soldi

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, suyuqlik juda sho‘r bo‘lib, undagi tuz miqdori dengiz suviga nisbatan qariyb o‘n baravar yuqori. Shuningdek, unda yaqqol seziladigan achchiq ta’m va o‘tkir oltingugurt hidi mavjud.

Olimlarni eng ko‘p qiziqtirgan jihat esa ushbu qadimgi suv tarkibida mikroorganizmlar aniqlanganidir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ular quyosh nuri ishtirokisiz, suv va atrofdagi minerallar o‘rtasida kechgan kimyoviy reaksiyalar hisobiga to‘liq qorong‘ulik sharoitida yashab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Tadqiqotchilar ushbu topilmani Yerning qadimiy tarixi haqida ma’lumot beruvchi noyob “vaqt kapsulasi” deb baholamoqda. Bu kashfiyot sayyoramizning chuqur qatlamlarida hayot qanday shakllangani va mikroorganizmlar qanday sharoitlarda milliardlab yillar davomida mavjud bo‘la olganini yanada yaxshiroq tushunishga xizmat qilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?