Kanadada notanish ayol ko‘chada ketayotgan ayolning yuziga musht tushirdi (video)

Kanadada notanish ayol ko‘chada ketayotgan ayolning yuziga musht tushirdi (video)

Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Gelf shahrida ko‘chada ketayotgan ayol notanish shaxsning hujumiga uchradi. U yuziga berilgan musht zarbasidan so‘ng yerga yiqilgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, voqea 29 oktyabr kuni soat 15:00 atrofida Wyndham Street North va Macdonell Street ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.

Jabrlanuvchi dugonasi bilan ketayotganida qarama-qarshi tomondan kelayotgan notanish ayol unga yaqinlashib, yuziga bir marta musht tushirgan. Zarba oqibatida ayol yerga yiqilgan. Hujum qilgan shaxs esa hodisa joyidan ketgan.

Politsiya gumonlanuvchini ko‘p o‘tmay aniqlab, qo‘lga olgan. U Gelf shahrida yashovchi 35 yoshli ayol ekani ma’lum qilingan. Unga hujum qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Huquq-tartibot idoralari jabrlanuvchi va gumonlanuvchi avvaldan bir-birini tanimaganini bildirgan. Hozircha hujumga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar