44 ming dollarlik noyob baliqlar bir zumda nobud bo‘ldi

Xitoyning Usi shahrida akvarium yorilib ketishi natijasida qiymati qariyb 44 ming dollarga teng bo'lgan noyob baliqlar nobud bo'ldi. Suvning qisqa vaqt ichida to'kilib ketishi sababli baliqlarning aksariyatini saqlab qolishning imkoni bo'lmadi va faqat bir necha baliqgina omon qoldi.
Xitoyning Usi shahrida noodatiy hodisa yuz berdi. Noyob va qimmatbaho baliqlar saqlanayotgan akvarium yorilib ketishi oqibatida qiymati qariyb 44 ming dollarga teng bo‘lgan baliqlar nobud bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, akvariumdagi suv qisqa vaqt ichida to‘kilib ketgan va baliqlarning aksariyatini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Faqat bir necha baliqgina omon qolgan.
Hodisadan katta zarar ko‘rgan akvarium egasi vaziyatga noodatiy yondashgan. U nobud bo‘lgan baliqlarning bir qismini restoranga olib borib, do‘stlari bilan kechki ovqat uyushtirgan. Shu tariqa u yo‘qotishning hech bo‘lmaganda bir qismini “foydaga aylantirishga” harakat qilganini aytgan.
Akvarium egasining so‘zlariga ko‘ra, u kelajakda noyob baliqlar kolleksiyasini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Ushbu voqea esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi.






























Izohlar 0
…