Hududlarda 200 ta yangi mehmonxona qurish rejalashtirildi

1 daqiqa o'qish87
Hududlarda 200 ta yangi mehmonxona qurish rejalashtirildi

Hududlarda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ikki yillik dastur qabul qilindi. Unda yangi turizm obyektlari va mehmonxonalar qurish, ularda mahalliy mahsulotlardan keng foydalanish belgilangan, deb ma’lum qildi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Dastur doirasida 34 ta yirik turizm obyekti hamda mingdan ortiq joylashtirish vositasini barpo etish rejalashtirilgan. Shundan 200 tasi mehmonxona bo‘ladi.

Parkent tumanida yaqin vaqt ichida ochilishi kutilayotgan «Kumushkon resort» turizm kompleksi qurilishida ishlatilayotgan materiallarning 98 foizi mahalliy mahsulotlardan iborat.

Hududlarda barpo etilayotgan boshqa mehmonxonalarda ham mahalliy qurilish materiallari ulushini kamida 95 foizga yetkazish zarurligi hokimlarga ko‘rsatib o‘tildi.

Buning uchun kelgusi yil yakuniga qadar mehmonxona qurilishi va bezagida ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Jumladan, lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishni 119 ming tonnadan 150 ming tonnaga, santexnika mahsulotlarini 1,5 million donadan 2 million donaga yetkazish belgilandi.

Shuningdek, PVX quvurlar va fitinglar ishlab chiqarish hajmi 255 ming tonnadan 300 ming tonnaga, gulqog‘oz 6 million tonnadan 7,5 million tonnaga, dekorativ panellar esa 15 million kvadrat metrdan 18 million kvadrat metrga oshirilishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?