Venesuelada ketma-ket yuz bergan kuchli zilzilalar vahima uyg‘otdi

Venesuelada ketma-ket yuz bergan kuchli zilzilalar vahima uyg‘otdi

Venesuelada qisqa vaqt oralig‘ida ketma-ket ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab 7,2 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan bo‘lsa, oradan atigi 39 soniya o‘tib 7,5 magnitudali yanada kuchliroq zilzila yuz bergan.

Kuchli yer silkinishlari poytaxt Karakas va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida sezilib, qator binolar va infratuzilma obyektlariga zarar yetkazgan. Ayrim hududlarda turar joylar hamda ma’muriy binolar qulagani, odamlar vayronalar ostida qolib ketgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Qutqaruv xizmatlari tun bo‘yi vayronalar ostida qolganlarni qidirish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlarini olib borgan. Favqulodda vaziyat sabab Karakasdagi shifoxonalarda maxsus rejim joriy etilib, qo‘shimcha tibbiyot xodimlari jalb qilingan.

Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar soni rasman e’lon qilinmagan. Biroq ayrim hududlardan halok bo‘lganlar va o‘nlab yaradorlar borligi haqidagi dastlabki ma’lumotlar kelib tushmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu Venesuelada keyingi yuz yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzilalardan biri bo‘lishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar