JCH-2026 pley-offining ilk juftligi aniqlandi

JCH-2026 pley-offining ilk juftligi aniqlandi

2026 yilgi jahon chempionati pley-off bosqichining dastlabki juftligi ma’lum bo‘ldi. 1/16 finalda Kanada va Janubiy Afrika Respublikasi milliy jamoalari keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Jessi Marsh boshchiligidagi Kanada terma jamoasi «V» guruhini ikkinchi o‘rinda yakunladi. Musobaqa mezbonlaridan biri bo‘lgan kanadaliklar uchta uchrashuvda 4 ochko to‘plab, pley-offga chiqish vazifasini uddaladi.

Ugo Bros qo‘l ostidagi JAR terma jamoasi ham guruh bosqichida 4 ochko jamg‘ardi. Afrikaliklar hal qiluvchi turda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, raqibidan ikkinchi o‘rinni tortib oldi va «A» guruhidan pley-offga yo‘l oldi.

Endi har ikki jamoa uchun xatoga o‘rin qolmaydi. G‘olib jahon chempionatidagi yurishini davom ettiradi, mag‘lub bo‘lgan terma jamoa esa musobaqani tark etadi.

Kanada va JAR o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvi 28 iyun kuni Los-Anjeles shahridagi «SoFi Stadium» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar