Gollivudni bankrotlik yoqasiga olib kelgan film — “Kleopatra”

1 daqiqa o'qish135
Gollivudni bankrotlik yoqasiga olib kelgan film — “Kleopatra”

1963 yilda suratga olingan “Kleopatra” filmi Gollivud tarixidagi eng mashhur va eng qimmat loyihalardan biri sifatida tilga olinadi. Dastlab film uchun 2 million dollar atrofida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, suratga olish ishlari yakuniga kelib xarajatlar 44 million dollargacha yetgan.

Bunga bir nechta omillar sabab bo‘lgan. Xususan, Malika Kleopatra rolini ijro etgan afsonaviy Elizabet Teylor o‘sha davr uchun rekord hisoblangan 1 million dollar gonorar olgan. Shu tariqa u Gollivud tarixida bunday miqdordagi haq olgan ilk aktrisaga aylangan.

Bundan tashqari, Rimda noldan qurilgan ulkan dekoratsiyalar, qayta-qayta o‘tkazilgan suratga olish jarayonlari hamda ishlab chiqarishdagi muammolar film budjetining keskin oshib ketishiga olib kelgan.

Natijada loyiha "20th Century Fox" studiyasini og‘ir moliyaviy ahvolga solib qo‘ygan. Kompaniya omon qolish uchun o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonlarining bir qismini sotishga majbur bo‘lgan.

Keyinchalik esa studiya boshqa muvaffaqiyatli filmlar hisobiga inqirozdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, “Kleopatra” hanuzgacha Gollivud tarixidagi eng tavakkalli va eng bahsli kino loyihalaridan biri sifatida eslanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?