Yaponiyadagi 7,2 ballli zilziladan keyin nima bo‘ldi?

Yaponiyadagi 7,2 ballli zilziladan keyin nima bo‘ldi?

Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududlarida kuchli zilzila qayd etildi. Mamlakat meteorologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari magnitudasi 7,2 ballni tashkil qilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarda zilzila kuchi 6,9 ball sifatida baholangan bo‘lsa-da, keyinchalik mutaxassislar tomonidan ma’lumotlarga aniqlik kiritilib, uning magnitudasi 7,2 ekani tasdiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat mahalliy vaqt bilan ertalab soat 07:30 atrofida Ivate prefekturasi sohillari yaqinida sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan 44 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yerosti silkinishlari ayniqsa Aomori prefekturasida kuchli sezilgan. Shu bilan birga, mamlakat poytaxti Tokio aholisi ham zilzila ta’sirini his qilgan.

Rasmiy idoralar hozircha sunami xavfi e’lon qilinmaganini ma’lum qildi. Shu bois sohil hududlarida favqulodda evakuatsiya choralari joriy etilmagan.

Qutqaruv xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Xasikami va Xatinoxe shaharlarida to‘rt nafar fuqaro yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Ular orasida o‘smirlar ham, katta yoshli fuqarolar ham borligi qayd etilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar