Bepul sayohat ortidagi fojia: 3 o‘zbekistonlik o‘limga hukm qilindi

1 daqiqa o'qish5K
Bepul sayohat ortidagi fojia: 3 o‘zbekistonlik o‘limga hukm qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Malayziyada uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro yirik miqdordagi giyohvandlik moddalarini olib o‘tishda ayblanib, mahalliy sud tomonidan o‘lim jazosiga hukm qilindi.
  • Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonovning ma’lum qilishicha, 56 va 54 yoshli ikki nafar ayol hamda ularning yana bir tanishi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida qo‘lga olingan.

Bir necha yil avval Malayziyada ikki nafar o‘zbekistonlik ayol hamda ularning yana bir tanishi giyohvandlik moddalarini olib o‘tishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea bir qarashda oddiy sayohat taklifidan boshlangan. Xususan, 56 va 54 yoshli ikki nafar ayol hamda ularning yana bir tanishi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida yirik miqdordagi giyohvandlik moddalari bilan qo‘lga olingan. Keyinchalik Malayziya sudi ularni mamlakat qonunchiligiga muvofiq o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqealar zanjiri ayollardan birining qizi chet ellik fuqaroga turmushga chiqqanidan keyin boshlangan. Qizi onasiga Malayziyaga bepul sayohat qilishni taklif etgan. Ayol esa o‘zi bilan birga 25 yil davomida nogiron qizini parvarishlab kelgan qo‘shnisini hamda yana bir tanishini ham safarga taklif qilgan.

O‘ktam Suvonovning ta’kidlashicha, parvozga sanoqli daqiqalar qolganda ularga notanish bir shaxs bo‘sh chemodanlarni berib, ularni manzilga yetkazib qo‘yishni so‘ragan. Ayollar hech qanday shubha uyg‘otmay, ushbu chemodanlarni qabul qilgan.

Biroq Kuala-Lumpurga yetib borganlaridan keyin ularni kutib olish uchun hech kim kelmagan. Bu holat aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarida shubha uyg‘otgan va yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv jarayonida har bir chemodan ichida to‘rt kilogrammdan metamfetamin — sintetik giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlangan. Suvonovning aytishicha, ayollar o‘zlari bilmagan holda narkokuryer sifatida foydalanilgan va shu tariqa eng og‘ir jinoyatlardan biri bo‘yicha ayblanuvchiga aylanib qolgan.

Iste’fodagi xavfsizlik xodimining so‘zlariga ko‘ra, u mazkur ish yuzasidan shaxsan Malayziyaga borib, qamoqxonada saqlanayotgan ayollar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida ulardan biri aytgan so‘zlar uning xotirasida umrbod muhrlanib qolgan.

«Siz, ehtimol, hayotimda ko‘rib turgan eng so‘nggi vatandoshimsiz».

O‘ktam Suvonov ushbu hikoyani misol qilib keltirar ekan, chet elga safar qilishda yoki boshqalarning yuki va chemodanini tashishga rozi bo‘lishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish lozimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, u Malayziya sudi tomonidan chiqarilgan o‘lim hukmi keyinchalik ijro etilgan yoki etilmagani haqida aniq ma’lumot bermadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?