Makronning yangi qiyofasi Filipponing achchiq haziliga nishon bo‘ldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Davosda qora ko‘zoynakda sahnaga chiqqani mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. "Vatanparvarlar" partiyasi rahbari Florian Filippo ushbu ko‘rinishni masxara qilib, prezident o‘zini boshqacha ko‘rsatishga urinayotganini ta’kidladi. Yelisey saroyi davlat rahbarida ko‘z muammosi borligi sababli ko‘zoynak taqqanini ma’lum qildi.
Emmanuel Makronning Davosda qora ko‘zoynakda sahnaga chiqishi Fransiyada keng muhokama qilindi. Prezidentning yangi ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda hazillar va qiyoslarga sabab bo‘ldi.
"Vatanparvarlar" partiyasi rahbari Florian Filippo ham bu holatni e’tiborsiz qoldirmadi. U Makronning obrazini masxara qilib, prezident tashqi ko‘rinishi orqali o‘zini boshqacha ko‘rsatishga urinayotganini ta’kidladi.
Yelisey saroyi esa Makron ko‘z muammosi sabab qora ko‘zoynak taqqanini ma’lum qilgan. Rasmiy izohga qaramay, uning qiyofasi tarmoqlarda "Top Gan" uslubi sifatida muhokama qilinmoqda.































Izohlar 0
…