Maykl Jekson haqidagi film tarixiy rekord o‘rnatdi

Afsonaviy xonanda Maykl Jekson hayoti haqida suratga olingan «Maykl» biografik filmi jahon kinoprokatida 977 million dollar daromad to‘plab, tarixdagi eng ko‘p mablag‘ yig‘gan biografik filmga aylandi.
Variety nashri xabariga ko‘ra, kartina shu orqali 2023 yilda ekranlarga chiqqan «Oppengeymer» filmining rekordini ortda qoldirdi. Avvalgi rekord sohibi bo‘lgan ushbu film dunyo bo‘ylab 975 million dollar daromad qilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 iyun holatiga film AQSHdan tashqarida 607,2 million dollar, AQSHning o‘zida esa 370,2 million dollar kassaga ega bo‘lgan.
Rejissyor Antuan Fukua tomonidan suratga olingan film Maykl Jeksonning «Jackson 5» guruhidagi ilk qadamlaridan tortib, uning dunyoga mashhur «Pop musiqasi qiroli» maqomiga erishguniga qadar bo‘lgan ijodiy faoliyatini yoritadi.
Filmda bosh qahramon obrazini xonandaning jiyani Jaafer Jekson gavdalantirgan. Ushbu loyiha uning aktyor sifatidagi ilk yirik ishi bo‘lib, tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.






























Izohlar 0
…