7 yoshli bola Howo yuk mashinasini boshqargani ma’lum bo‘ldi

7 yoshli bola Howo yuk mashinasini boshqargani ma’lum bo‘ldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida 7 yoshli bolaning Howo rusumli yuk mashinasini boshqargani aniqlandi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yosh bolaning yuk mashinasini boshqarayotgani aks etgan video keng tarqalib, jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur holat 2025 yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, transport vositasi boshqaruvi bolaga uning ammasining o‘g‘li tomonidan ishonib topshirilgan. Shu munosabat bilan voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarishga ruxsat bergan fuqaro hamda bolani nazoratsiz qoldirgan onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Howo rusumli yuk mashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar