Monakoda kuchli portlash: ikki kishi og‘ir ahvolda qolmoqda

Monakoda kuchli portlash: ikki kishi og‘ir ahvolda qolmoqda

Monakoda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida uch nafar inson jabrlandi. Fransiya ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida Fransiya chegarasiga yaqin joylashgan Ryu Reverend Per Lui Frolla ko‘chasidagi turar joy binosi oldida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga bino tashqarisida qoldirilgan sumka sabab bo‘lgan.

Monako Davlat vaziri Kristof Mirman AFP agentligiga bergan bayonotida voqeani «katta ehtimol bilan terakt» deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, portlashga murvatlar va metall sharchalar solingan portlovchi qurilma sabab bo‘lgan.

«Mening bilishimcha, tarixda bunday voqea ilk bor sodir bo‘lmoqda», — dedi Monako hukumati rahbari Kristof Mirman.

Hodisa sodir bo‘lgan hududga politsiya xodimlari va qutqaruv xizmatlari zudlik bilan jalb qilingan. Ayni vaqtda voqeaning barcha holatlariga aniqlik kiritish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar