Trampga 321 brilliantli noyob uzuk sovg‘a qilindi

1 daqiqa o'qish3.8K
Trampga 321 brilliantli noyob uzuk sovg‘a qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Belgiyaning Antverpen butunjahon olmos markazi AQSH prezidenti Donald Trampga mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan eksklyuziv uzuk taqdim etdi.
  • Sof oltindan yasalgan va sof tabiiy olmoslardan foydalanib tayyorlangan mazkur noyob taqinchoq AQSHning Belgiyadagi elchisi Bill Uaytga rasman topshirildi.
  • Ushbu qimmatbaho sovg'a ikki davlat o'rtasidagi mustahkam iqtisodiy hamkorlik hamda ko'p yillik savdo aloqalarining ramzi sifatida yaratildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘ziga xos va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. Belgiyaning Antverpen butunjahon olmos markazi (AWDC) davlat rahbari uchun maxsus tayyorlangan, yuzlab brilliantlar bilan bezatilgan eksklyuziv uzukni taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, noyob taqinchoq Amerika Qo‘shma Shtatlarining Belgiyadagi elchisi Bill Uaytga rasman topshirilgan.

Uzuk sof oltindan yasalgan bo‘lib, unga 321 ta tabiiy brilliant hamda yana 75 ta qimmatbaho tosh mahorati bilan joylashtirilgan. AWDC vakillari ushbu sovg‘a ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam iqtisodiy hamkorlik va ko‘p yillik savdo aloqalarining ramzi sifatida tayyorlanganini ta’kidladi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, AQSH uzoq yillardan beri Antverpen olmos sanoatining eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda sotiladigan tabiiy olmoslarning katta qismi yakunda aynan amerikalik xaridorlar qo‘liga yetib boradi.

AWDC shuningdek, uzukni yaratishda faqat tabiiy brilliantlardan foydalanilganiga alohida urg‘u berdi. Mutaxassislarning qayd etishicha, tabiiy va laboratoriyada yetishtirilgan olmoslarni tashqi ko‘rinishidan ajratish qiyin bo‘lsa-da, ularning kelib chiqishi, noyobligi, bozor qiymati va maqomi o‘rtasida katta farq mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, Belgiyaning Antverpen shahri qariyb besh asrdan buyon jahon olmos savdosining eng yirik markazlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda qazib olinadigan xom olmoslarning katta qismi aynan shu shahardagi savdo maydonlari orqali jahon bozoriga chiqariladi.

Shaharning mashhur Olmos kvartalida 1700 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritadi. Shuningdek, aynan Antverpenda 1863 yilda dunyodagi birinchi rasmiy olmos birjasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ham ushbu hudud xalqaro brilliant savdosining eng nufuzli markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?