Xitoyda bekinmachoq paytida yo‘qolgan bola 35 yildan keyin oilasini topdi!

1991 yilda 13 yoshli Ley Szesin do‘stlari bilan bekinmachoq o‘ynayotganda tasodifan poyezdga chiqib qolgan. U yo‘lda uxlab ketgan va uyg‘ongach, o‘z uyidan ming kilometrdan ziyod uzoqdagi begona shaharga kelib qolganini bilgan.
Kar va soqov bo‘lgan bola atrofdagilarga o‘z ismi va yashash manzili haqida to‘liq ma’lumot bera olmagan. Natijada u Shenchjenda qolib ketgan. Keyingi yillarda unga mahalliy ayol va restoran egasi Xun Sinsyan ko‘maklashgan.
Ley oilasini topish umidini 35 yil davomida yo‘qotmagan. Kutilmagan burilish internetdagi qidiruv guruhida sodir bo‘lgan. Uning akasi Leyning ismi iyerogliflar teskari tartibda yozilganini ko‘rib, bu bolalikda faqat ular ishlatgan usul ekanini payqagan.
Aka-uka bolaligida ishora tilida muloqot qilgan va o‘zaro yashirin o‘yinlar o‘ynagan. Shu xotira Leyni tanib olishda asosiy belgi bo‘lgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, DNK tekshiruvi ularning qarindoshligini tasdiqladi. Ley Szesin 35 yillik ayriliqdan keyin o‘z oilasi bilan yana birlashdi.































Izohlar 0
…