Yaponiya 2040 yilgacha 10 million aqlli robot ishga tushiradi

Yaponiya 2040 yilgacha 10 million aqlli robot ishga tushiradi

Yaponiya ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish maqsadida 2040 yilgacha sun’iy intellekt bilan ishlaydigan 10 million robotni iqtisodiyotning 18 ta muhim sohasiga joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ma’lum qildi.

Yangi strategiyaga ko‘ra, aqlli robotlar sanoat, sog‘liqni saqlash, infratuzilmani ta’mirlash, keksalarni parvarish qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish hamda mudofaa tizimlarida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, hukumat nafaqat raqamli, balki real muhitda ham mustaqil ishlay oladigan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish uchun 380 milliard iyena (qariyb 2,3 milliard dollar) ajratishni rejalashtirgan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, Yaponiya robototexnika uchun sun’iy intellekt ishlab chiqish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylanishni maqsad qilgan va bu boradagi tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar