Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda sel xavfi kutilmoqda

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda sel xavfi kutilmoqda

O‘zgidromet 3 iyul kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduz kuni 30–37 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim hududlarida, shuningdek, Navoiy viloyatining cho‘l zonasida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Toshkent shahri hamda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati hududlarga qarab 31–37 darajagacha ko‘tariladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. O‘zgidromet 2–3 iyul kunlari ushbu hududlarda sel va suv toshqini xavfi mavjudligidan ogohlantirib, aholidan ehtiyot choralariga amal qilishni so‘radi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar