Zilziladan keyin dollarga to‘la seyf topildi

Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalardan keyin qutqaruv ishlari davom etayotgan bir paytda kutilmagan topilma keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. La-Guayra shtatidagi Playa-Grande tumanida vayron bo‘lgan turar joy binolari qoldiqlari orasidan ichi AQSH dollarlari bilan to‘ldirilgani aytilgan seyf aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda seyf atrofida sochilib yotgan dollar kupyuralari aks etgan. Bu tasvirlar qisqa vaqt ichida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, turli taxmin va bahslarni keltirib chiqardi.
Mahalliy aholi ayrim qutqaruv ishlarida ishtirok etgan shaxslar va xodimlar pullarni yig‘ib olganini, ammo ularni rasmiy tartibda ro‘yxatga olish yoki tegishli idoralarga topshirish jarayoni kuzatilmaganini da’vo qilmoqda.
Hozircha Venesuela rasmiylari seyf ichidagi mablag‘ning aniq miqdori, uning kimga tegishli ekani va kelib chiqishi haqida rasmiy xulosa yoki qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…