443 metr balandlikdagi nikoh taklifi juftlikning politsiya bo‘limida yakunlandi

443 metr balandlikdagi nikoh taklifi juftlikning politsiya bo‘limida yakunlandi

Nyu-Yorkda ekstremal bloger Ivan Birkus sevgilisi Anjela Nikolaga g‘ayrioddiy tarzda turmush qurishni taklif qildi. Buning uchun juftlik Empire State Building binosining qariyb 443 metr balandlikdagi yuqori qismiga chiqdi.

Ular binoda "Muhabbat kuchi hokimiyatga bo‘lgan muhabbatdan ustun kelganda, dunyo tinchlikni topadi" degan bannerni ochdi. Sevgi izhori tasvirga ham olingan.

Juftlik yerga qaytgach, ularni politsiya kutib turgan edi. Ivan va Anjela noqonuniy ravishda hududga kirish, xavfsizlik talablarini buzish hamda boshqa holatlar bo‘yicha ushlangan.

Endi ularga nisbatan sud jarayoni o‘tkaziladi. Shu sababli juftlikning nikoh va asal oyi rejalari huquqiy jarayondan keyinga qolishi mumkin.

443 metr balandlikdagi nikoh taklifi juftlikning politsiya bo‘limida yakunlandi

Ivan Birkus va Anjela Nikola avval ham turli davlatlardagi baland binolarga chiqishgan. Ularning xavfli sayohatlari asosida hujjatli film ham ishlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar