Soniyasiga 30 ta chivin: Xitoyda chivinlarni lazer bilan yo‘q qiladigan qurilma yaratildi

Soniyasiga 30 ta chivin: Xitoyda  chivinlarni lazer bilan yo‘q qiladigan qurilma yaratildi

Xitoyning sun’iy intellekt sohasida ishlaydigan startapi chivinlarga qarshi yangi qurilma ishlab chiqdi. Tizim hasharotlarni avtomatik tarzda topadi va lazer nuri orqali yo‘q qiladi.

Ushbu loyiha uchun taxminan 3 million dollar sarmoya to‘plangan. Uni dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida yashovchi 4 mingdan ziyod foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlagan.

Qurilma neyron tarmoq orqali havodagi harakatlarni skanerlaydi. Chivinning joylashuvi aniqlangach, unga lazer nuri yo‘naltiriladi. Ishlab chiquvchilar uskuna uyda va tashqi muhitda ishlashini aytmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tizim soniyasiga 30 tagacha chivinni yo‘q qila oladi. Qurilmaning ta’sir doirasi 3 metrgacha bo‘lgan masofani qamrab oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar