Tarmoqlarda turkiyalik ayolning erkaklarga tegajog‘lik qilayotgani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Tarmoqlarda turkiyalik ayolning erkaklarga tegajog‘lik qilayotgani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Istanbulda noma’lum ayol turli savdo nuqtalari va ish joylariga kirib, erkaklarga noo‘rin harakatlar qilgani aytilmoqda. Bu holatlar aks etgan kuzatuv kamerasi yozuvlari tarmoqlarda keng tarqalgan.

Birinchi video Umraniyadagi ustaxonada olingan. Unda ayol mahsulot sotish uchun kelganini aytib, xodimga yaqinlashadi va uni o‘pishga harakat qiladi. Erkak esa bunga yo‘l qo‘ymay, ayoldan tashqariga chiqishni so‘raydi.

Shundan so‘ng Bayrampashadagi ombor va boshqa savdo nuqtasida ham xuddi shunga o‘xshash holatlar qayd etilgan. Kadrlarda ayolning xodimlarga ularning roziligisiz teginib, juda yaqinlashgani ko‘rinadi.

Mahalliy ma’lumotlarga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ayolni qidirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar