Xaroba uydagi sir: AQSHda 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangan

1 daqiqa o'qish12.4K
Xaroba uydagi sir: AQSHda 16 nafar bola to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangan

Ogayo shtatidagi Hamden qishlog‘ida 16 nafar bola og‘ir sharoitda saqlab kelingani aniqlandi. Ular xaroba uydagi kichik xonadan qutqarilgan. Bolalarning eng kichigi 1,5 yoshda, eng kattasi esa 18 yoshda bo‘lgan.

Rasmiylar ular qariyb to‘rt yil davomida taxminan 3,5 metrga 3,5 metr o‘lchamdagi bir xonada yashaganini bildirgan. Uyning sanitariya holati o‘ta og‘ir bo‘lgan, xonalar chiqindilar bilan to‘lib ketgan.

Tekshiruvda ayrim bolalarning gapira olmasligi aniqlangan. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan 18 yoshli qiz o‘z ismini ham yoza olmagan. Bolalar ta’lim olmagan va maktabga bormagan.

Ota-ona hamda ikki nafar buvi va boboga bolalarni xavf ostida qoldirish bo‘yicha 16 ta ayblov qo‘yilgan. Prokuratura ish odam savdosi bilan bog‘liq emasligini, gap oila ichidagi zo‘ravonlik haqida ketayotganini aytdi.

Bolalar huquq-tartibot idoralari boshqa jinoyat yuzasidan uyda tintuv o‘tkazgan paytda topilgan. Qafaslar bo‘lmagan, ammo ularning xonani tark etishi qanday cheklangani hozir tekshirilmoqda.

Yetti nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Yana ikki nafari og‘ir jarohatlar markaziga vertolyotda olib ketilgan. Ularning biri sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Tergovchilarning ma’lum qilishicha, oila yigirma yil davomida Ogayoning turli joylariga ko‘chib yurib, bolalarni davlat nazoratidan yashirgan. Barcha bolalar hozir davlat qaramog‘ida.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?