Birorta ham jarima yozolmagan robot politsiyachi ishdan olindi

1 daqiqa o'qish176
Birorta ham jarima yozolmagan robot politsiyachi ishdan olindi

AQSHda qiziqarli holat kuzatildi — 10 oy davomida birorta ham huquqbuzarlikni qayd etmagan robot politsiyachi xizmatdan chetlatildi.

DubBot nomli ushbu robot Ogayo shtatining Dublin shahrida avtoturargohlar hududida patrullik qilgan. Uning asosiy vazifasi qoidabuzarliklarni aniqlash, shubhali vaziyatlarni qayd etish va xavfsizlikni nazorat qilishdan iborat edi.

Biroq deyarli bir yilga yaqin faoliyati davomida robot birorta ham qoidabuzarlikni aniqlamagan. Natijada shahar ma’muriyati loyiha samaradorligini past deb baholab, uni xizmatdan olib tashlashga qaror qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, robot texnik jihatdan to‘g‘ri ishlagan, ammo amaliy foyda bermagan. Ushbu loyiha uchun qariyb 67 ming dollar sarflangan.

Qizig‘i shundaki, bu DubBot bilan bog‘liq birinchi muvaffaqiyatsizlik emas. 2024 yilda Nyu-Yorkda ham aynan shu turdagi robot zinadan ko‘tarila olmagani sababli xizmatdan chetlatilgan edi.

Mazkur holat sun’iy intellekt va robot texnologiyalarining real hayotdagi samaradorligi hali ham sinov bosqichida ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?