AQSH osmonida uchuvchilar radarda ko‘rinmagan sirli jismni payqadi

AQSH osmonida uchuvchilar radarda ko‘rinmagan sirli jismni payqadi

AQSHning Ogayo shtati osmonida uchuvchilarni hayratga solgan hodisa kuzatildi. Samolyot ekipaji katta tezlikda harakatlanayotgan, kumushrang kapsulaga o‘xshash noma’lum jismni ko‘rganini ma’lum qildi.

Hodisa 16 avgust kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, samolyot taxminan 12,5 kilometr balandlikda parvoz qilayotgan vaqtda uchuvchilar uning yuqorirog‘ida harakatlanayotgan g‘alati obyektga ko‘zi tushgan.

Ekipajning ta’kidlashicha, jismning uzunligi taxminan 10 metr bo‘lgan. Eng qizig‘i, u samolyot radarlari hamda to‘qnashuv xavfidan ogohlantiruvchi tizimda aks etmagan.

Mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib borgan NUFORC (Noma’lum uchar obyektlarni o‘rganish markazi) 26 oktyabr kuni o‘z xulosalarini e’lon qildi.

Biroq kuzatilgan jismning aslida nima ekani hozirgacha aniqlanmagan. Shuningdek, uning o‘zga sayyoraliklar yoki noma’lum uchish apparatlari bilan bog‘liq ekaniga hech qanday dalil keltirilmagan.

Shu tariqa, Ogayo osmonidagi sirli hodisa hozircha javobsiz qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar