28 barmoq va 30 tirnoq: noyob mushuk Ginnes rekordini o‘rnatdi

AQSHda odatdagidan ancha ko‘p barmoq bilan tug‘ilgan mushuk Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning to‘rt panjasida jami 28 ta barmoq yostiqchasi va 30 ta tirnoq bor.
Veterinarlar buni polidaktiliya deb ataluvchi irsiy holat bilan izohlamoqda. U ayrim mushuklarda uchrab turadi, lekin barmoqlar soni bunchalik ko‘p bo‘lishi kamdan-kam holat hisoblanadi.
Mushukning tashqi ko‘rinishi g‘ayrioddiy bo‘lsa-da, mutaxassislar bu xususiyat uning sog‘lig‘iga zarar yetkazmayotganini bildirgan.
Ko‘p barmoqli mushuklar haqida turli qarashlar ham bor. Ayrim odamlar ularni xonadonga omad olib keladigan hayvon sifatida qabul qiladi.
Biroq bunday mushukni parvarish qilishda tirnoqlarga alohida e’tibor berish zarur. Tirnoqlar ko‘p va uzun bo‘lgani sabab ularni vaqti-vaqti bilan tekshirish va qisqartirish talab etiladi.































Izohlar 0
…