Bugun tunda kuchli magnit bo‘roni boshlanishi kutilmoqda

Bugun tunda kuchli magnit bo‘roni boshlanishi kutilmoqda

Bugun tunda so‘nggi oylar ichidagi eng kuchli magnit bo‘ronlari boshlanishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislar ushbu kosmik hodisa Quyoshda kuzatilgan juda yirik faollik bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, magnit bo‘ronlariga Quyoshdagi so‘nggi o‘n yillikda qayd etilgan ikkinchi eng yirik faol sohadan plazma otilishi sabab bo‘ladi. Aynan shu hududda eng yuqori daraja hisoblangan X sinfiga mansub kuchli chaqnash sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari, kecha bir sutka davomida Quyoshda turli quvvatga ega 17 marta chaqnash kuzatilgan. Olimlar bu kabi yuqori faollik Quyoshdan chiqayotgan zarrachalar oqimini kuchaytirib, Yer magnit maydoniga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.

Quyoshdan chiqayotgan kuchli olovli chaqnash Yer sayyorasiga yo‘nalmoqda.

Mutaxassislar prognoziga ko‘ra, bu jarayon natijasida bugun tunda kuchli magnit bo‘ronlari kuzatilishi mumkin. Bunday hodisalar ayrim hollarda aloqa va navigatsiya tizimlari ishiga ta’sir qilishi, shuningdek, shimoliy hududlarda qutb yog‘dusining yorqinroq namoyon bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar