Germaniyada jazirama issiq oqibatida 800 dan ortiq kishi vafot etdi

1 daqiqa o'qish551
Germaniyada jazirama issiq oqibatida 800 dan ortiq kishi vafot etdi

Germaniyada aprel oyi boshidan iyun oxirigacha davom etgan jazirama davrida 800 dan ortiq kishi vafot etgan. Robert Kox instituti bu raqamlarni 6 apreldan 21 iyungacha bo‘lgan davr bo‘yicha hisoblab chiqqan.

Hisobotda aytilishicha, issiq havo ayniqsa surunkali kasalliklari bor odamlar uchun xavfli bo‘lgan. Ko‘plab holatlarda yuqori harorat mavjud kasalliklarni og‘irlashtirgan va bu o‘limga olib kelgan.

Issiqlik bilan bog‘liq o‘limlar tibbiy hujjatlarda har doim ham alohida ko‘rsatilmaydi. Shu sabab mutaxassislar haqiqiy ko‘lamni statistik usullar orqali baholaydi.

Buning uchun Federal statistika boshqarmasining o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlari hamda mamlakat bo‘ylab joylashgan 52 ta meteostansiyaning harorat ko‘rsatkichlari o‘rganilgan.

Eng ko‘p qurbonlar 85 yosh va undan katta fuqarolar orasida qayd etilgan. Ularning soni qariyb 500 nafarni tashkil qilgan. 75–84 yoshlilar orasida 190 ta, 65–74 yoshlilar orasida 80 ta o‘lim holati aniqlangan. 65 yoshdan kichiklar orasida esa 40 ga yaqin kishi vafot etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?