Yevropadagi rekord issiqlikning asl sababi ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish30.3K
Yevropadagi rekord issiqlikning asl sababi ma’lum bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yevropada kuzatilayotgan misli ko'rilmagan jaziramaga cho'l hududlaridan kirib kelayotgan kuchli subtropik antisiklonlar sabab bo'lmoqda.
  • Kamerino universiteti professori Massimiliano Fazzinining tushuntirishicha, Sahroyi Kabir va Eron platosidan harakatlanuvchi havo massalari tog' tizmalaridan o'tib siqilishi natijasida yanada qizib, yer yuzasidagi haroratni keskin oshiradi.

Yevropada kuzatilayotgan rekord darajadagi issiq ob-havoning asosiy sababi cho‘l hududlaridan kirib kelayotgan kuchli subtropik antitsiklonlar ekani ma’lum qilindi. Iqlimshunos olimlarning ta’kidlashicha, ushbu jarayon so‘nggi yillarda keskin kuchayib, bir qator davlatlarda tarixiy harorat rekordlarining yangilanishiga sabab bo‘lmoqda.

Kamerino universiteti professori Massimiliano Fazzinining so‘zlariga ko‘ra, Sahroyi Kabir va Eron platosidan harakatlanuvchi issiq havo massalari 6–8 kilometr balandlikkacha ko‘tariladi. Keyin ular tog‘ tizmalaridan oshib pastga tushar ekan, havo siqilishi natijasida yanada qizib, yer yuzasidagi haroratni keskin oshiradi.

Mutaxassisning aytishicha, avvallari G‘arbiy Yevropada asosan Atlantika okeanidan keluvchi antitsiklonlar ustunlik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda cho‘llardan kelayotgan subtropik antitsiklonlar tobora faollashmoqda. Shu bilan birga, Yaqin Sharqdagi cho‘l hududlari ham tez sur’atlarda qizib borayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Olimning ta’kidlashicha, aynan shu omillar Yevropa bo‘ylab kuzatilayotgan kuchli issiq havo to‘lqinlarini yuzaga keltirmoqda. Issiq havo yer yuzasiga tushganda yanada qizib, rekord darajadagi haroratlarni keltirib chiqaradi.

Iyun oyida Yevropaning qator davlatlarida havo harorati 40 darajadan oshib ketdi. Oy so‘nggida esa bir nechta mamlakatlarda mutlaq harorat rekordlari yangilandi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada eng yuqori — «qizil» xavf darajasi e’lon qilindi.

Ayni paytda Italiya hududiga navbatdagi kuchli issiq havo to‘lqini yaqinlashmoqda. Ilgari tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa bo‘ylab kuzatilgan jazirama oqibatida 10 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan. Qurbonlarning aksariyati 65 yoshdan oshgan fuqarolar ekani qayd etilgan.

Shifokorlar va iqlim mutaxassislari anomal issiqlik nafaqat issiq urishi, balki yurak-qon tomir hamda nafas yo‘llari kasalliklarining kuchayishiga ham sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda. Shu bois, ayniqsa keksa yoshdagilarga ehtiyotkorlik choralariga qat’iy amal qilish tavsiya etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?