Bishkek aeroportida dahshatli holat ortidan reyslar to‘xtatildi

Bishkekdagi xalqaro aeroportda McDonnell Douglas rusumli samolyot uchish uchun tezlik olayotgan vaqtda orqa shassisi sinib ketishi oqibatida uning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Hodisa vaqtida uchuvchilar vaziyatni nazorat ostida ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa-da, uchish-qo‘nish yo‘lagiga aviakerosin to‘kilgani sababli yo‘lovchilar puflama traplar orqali zudlik bilan evakuatsiya qilindi.
Bishkekda yo‘lovchi samolyoti bilan sodir bo‘lgan hodisa tufayli xalqaro aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, McDonnell Douglas rusumli samolyot uchish uchun tezlik olayotgan vaqtda uning orqa shassisi sinib ketgan.
Uchuvchilar vaziyatni nazorat ostida ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq hodisadan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘lagiga aviakerosin to‘kilgani sababli havo kemasidagi yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Odamlar puflama traplar orqali samolyotdan tushirilgan, voqea joyiga esa favqulodda xizmatlar jalb etilgan. Ayrim yo‘lovchilar jarohat olgani aytilmoqda.
Hodisa ortidan aeroport ishi vaqtincha cheklangan, o‘nlab reyslar kechiktirilgan yoki bekor qilingan.































Izohlar 0
…