Istanbul suvlarida suzib yurgan delfinlar yana ko‘rina boshladi

Beykozning Kanlija sohili yaqinida suzib yurgan delfinlar kameraga tushdi. Ular sohilga yaqin hududda paydo bo‘lib, bir muddat suv yuzasida ko‘ringan. Tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortdi.
Delfinlarning bu hududda ko‘rinishi Istanbul dengiz hayotidagi faollik bilan bog‘lanmoqda. Suvdagi jonzotlarning sohilga yaqinlashishi atrof-muhit va dengiz suvining holati haqidagi muhokamalarni ham kuchaytirdi.
Istanbul suv va kanalizatsiya boshqarmasi, ya’ni ISKI ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda atrof-muhitni muhofaza qilish va oqova suvlarni tozalash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Boshqarma ushbu sarmoyalar natijasida dengiz suvi sifati sezilarli darajada yaxshilanganini bildirdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…