Braziliyada o‘yin vaqtida 15 yoshli futbolchi otishma oqibatida vafot etdi

1 daqiqa o'qish383
Braziliyada o‘yin vaqtida 15 yoshli futbolchi otishma oqibatida vafot etdi

Braziliyaning “Centro Sportivo Alagoano” yoshlar jamoasi futbolchisi, 15 yoshli Mikael Leandro da Silva Maseyo shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida yuz bergan otishma oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Globo nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq “San-Paulu” yoshlar jamoasi safida ham to‘p surgan iqtidorli futbolchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qonli voqea mahalliy giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoiy guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida sodir bo‘lgan. Otilgan o‘qlar o‘yin bo‘layotgan hududgacha yetib kelgani oqibatida yosh futbolchi halok bo‘lgan.

Hodisa natijasida yana bir necha kishi turli darajada jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tergov harakatlarini boshlagan bo‘lib, otishmada ishtirok etgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar davom etmoqda.

Mazkur fojia Braziliya sport jamoatchiligida katta qayg‘u bilan qabul qilindi. Yosh iqtidor egasining bevaqt vafoti nafaqat uning jamoadoshlari va murabbiylari, balki futbol muxlislarini ham chuqur iztirobga soldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?