Singapur har bir tug‘ilgan bola uchun 55 ming dollar ajratadi

Singapurda tug‘ilish darajasi keskin pasayib ketgani sabab hukumat oilalarni farzandli bo‘lishga undash uchun yangi moliyaviy va ijtimoiy imtiyozlarni joriy qilmoqda. Bu haqda NPTD xabar berdi.
Yangi dastur doirasida har bir farzand uchun u 17 yoshga to‘lguniga qadar jami 55 ming dollardan ortiq davlat ko‘magi ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, ota-onalarga qo‘shimcha ta’til olish, uy-joy xarajatlarini yengillashtirish hamda bolalar bog‘chasi xizmatlaridan foydalanishda qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.
Bu choralar mamlakatda tug‘ilish ko‘rsatkichi tarixiy past darajaga tushib ketgani ortidan qabul qilinmoqda.
2025 yilda Singapurda umumiy tug‘ilish koeffitsiyenti 0,87 nafarni tashkil etgan. Bu aholi sonini tabiiy ravishda barqaror saqlash uchun zarur bo‘lgan 2,1 ko‘rsatkichidan qariyb ikki baravar past.
Hukumatning fikricha, yangi yordam paketi yosh oilalarning farzand tarbiyasi bilan bog‘liq moliyaviy yukini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, Singapur aholining qisqarishi muammosini yumshatish uchun immigratsiya siyosatini davom ettirishda ham davom etmoqda.






























Izohlar 0
…