Fransiyada cho‘chqa ovoziga taqlid qilish chempionati o‘tkazildi

Fransiyaning Tri-syur-Baiz qishlog‘ida noodatiy musobaqa — cho‘chqa ovoziga taqlid qilish bo‘yicha Fransiya chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.
Tanlov 43-marta tashkil etilgan Pourcailhade cho‘chqa festivali doirasida o‘tkazildi. Unda Fransiyaning turli hududlaridan, shuningdek, xorijdan kelgan ishtirokchilar cho‘chqaning ovozini imkon qadar tabiiy tarzda taqlid qilish bo‘yicha bellashdi.
Bu yilgi musobaqada normandiyalik Noël Jamet yana bir bor g‘olib bo‘ldi. Shu tariqa u Tri-syur-Baiz shahridagi ushbu chempionatda ketma-ket 10-marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Festivalga qariyb 4 ming tomoshabin tashrif buyurgan. Tadbir davomida cho‘chqa ovoziga taqlid qilishdan tashqari, cho‘chqachalar poygasi va boshqa noodatiy tanlovlar ham tashkil etilgan.






























Izohlar 0
…