7 raqamiga ishongan erkak bir zumda millioner bo‘ldi

7 raqamiga ishongan erkak bir zumda millioner bo‘ldi

AQSHning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi erkak yillar davomida o‘zi uchun omadli hisoblab kelgan 7 raqami tufayli lotereyada katta yutuqqa erishdi. U atigi 10 dollarga xarid qilgan skretch-karta orqali 1 million dollarlik bosh mukofot sohibi bo‘ldi.

Biskou shahrida istiqomat qiluvchi Tomas Munosning aytishicha, u mahalliy do‘kondan “Triple Red 777 Jackpot” nomli skretch-kartani aynan 7 raqamiga bo‘lgan ishonchi sababli sotib olgan. Chunki bu raqam uning hayotida alohida ahamiyatga ega va u 7 ni doim o‘zining sevimli hamda omadli raqami deb hisoblab kelgan.

Munosning ta’kidlashicha, bu raqam uning tug‘ilgan sanasi bilan ham bog‘liq. U 1977 yilning 7-kunida tug‘ilgani uchun 7 raqamiga nisbatan alohida munosabat shakllangan.

U skretch-kartani sotib olganidan keyin ko‘p kutmay, uni shu zahotiyoq qirib ko‘rdi. Natijani ko‘rgach esa, o‘z ko‘ziga ishonishi qiyin bo‘lgan — bilet unga 1 million dollarlik bosh mukofotni olib kelgan edi.

Munos omadli raqami unga haqiqatan ham katta baxt keltirganini aytib, o‘sha lahzalarni katta hayajon bilan esladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yutuqni anglagan paytda butun tanasini quvonch egallagan va u juda kuchli hayajonni his qilgan.

Shu tariqa, yillar davomida Munos uchun omad ramzi bo‘lib kelgan 7 raqami bu safar ham o‘zini oqladi va uni bir zumda millionerga aylantirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar