Kommunal qarzdorliklar undirilmoqda

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining hududiy bo‘limlari tomonidan energiya ta’minoti korxonalari foydasiga kommunal qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi sud qarorlarining ijrosi jadallashtirilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida, kommunal qarzdorlikni undirishga oid jami 19 mlrd. 523 mln. so‘mlik 633 ta ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib, shundan amalda 12 mlrd. 430 mln. so‘m undirilgan.
Masalan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Kegeyli tuman sudining 2026-yil 27-iyul kungi qarzdor M.A.dan Energosavdo AJ Nukus tumani bo‘limi foydasiga 39.852.000 so‘m undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Nukus tumani tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, joriy yilning 10 avgust kuni qarzdorlik undirilishi ta’minlangan.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.































Izohlar 0
…