Podmoskoveda 12 yoshli bola o‘ldirildi: gumonda ikki o‘quvchi qiz

Podmoskoveda 12 yoshli bola o‘ldirildi: gumonda ikki o‘quvchi qiz

Rossiyaning Moskva viloyati Orexovo-Zuyevo shahar okrugida 12 yoshli maktab o‘quvchisi o‘ldirildi. Qotillikda gumonlanayotgan 15 va 16 yoshli ikki nafar voyaga yetmagan qiz qo‘lga olingan. Keyinroq sud ularni ikki oy muddatga qamoqqa olish haqida qaror chiqargan. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bola 26 avgust kuni Kabanovo qishlog‘ida bedarak yo‘qolgan. Uning onasi politsiyaga murojaat qilganidan so‘ng qidiruv ishlari boshlangan. Qidiruvga ko‘ngillilar ham jalb etilgan.

27 avgust kuni bolaning jasadi tashlandiq binodagi podvaldan topilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, uning tanasida zo‘ravonlik alomatlari bo‘lgan va ko‘p sonli pichoq jarohatlari aniqlangan. Holat yuzasidan qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida qishloqda yashovchi 15 va 16 yoshli ikki nafar qiz gumonlanuvchi sifatida ushlangan. OAVlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar marhum bolani tanishgan va uni tashlandiq binoga olib borgan bo‘lishi mumkin. Ularning jinoyatni oldindan rejalashtirgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan, ammo bu tafsilotlar hozircha tergovning yakuniy xulosasi sifatida e’lon qilinmagan.

Militsiya xodimlari bino yo‘lagida qo‘li kishanlangan ayollarni olib ketmoqda.

Voqea yuzasidan yana bir versiya keng muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, gumonlanuvchi qizlar Janubiy Koreyaning mashhur «Kalmar o‘yini» seriali ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Marhum bolaning onasi ham tergovda shunday versiya ko‘rib chiqilayotganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi qizlardan birining xonasida serial qahramonlari tasvirlangan plakatlar bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida esa serialdan olingan zo‘ravonlik sahnalari aks etgan videolar uchragan.

Xonada qora kurtka kiygan sarg‘ish sochli ayol o‘tiribdi.

Ayrim OAVlar gumonlanuvchilar qotillikni qandaydir «videochellenj» uchun tasvirga olgani, boshqa manbalar esa ular telefonlarini ataylab uyda qoldirgani haqida yozmoqda. Bu qarama-qarshi ma’lumotlar hozircha rasmiy organlar tomonidan tasdiqlanmagan.

Shuningdek, gumonlanuvchilardan 50 nafarga yaqin kishining ismlari bo‘lgan ro‘yxat topilgani haqida ham xabarlar tarqaldi. Biroq ushbu ma’lumotning ham rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Ayni paytda tergov davom etmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qotillikning aniq sababi, gumonlanuvchilarning harakatlari va jinoyatga olib kelgan holatlarni aniqlamoqda. Shu bois ijtimoiy tarmoqlar va ayrim OAVlarda tarqalayotgan qo‘shimcha versiyalarni hozircha yakuniy haqiqat sifatida qabul qilishga asos yo‘q.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar