Olmaliqdagi bozorda katta yong‘in chiqdi

Bugun, 30 avgust kuni tongda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan «Oydin dehqon bozori»da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in soat 05:18 da Olmaliq shahridagi «Hamza» MFY hududida joylashgan bozorda chiqqan. Voqea haqida FVVga xabar kelib tushgach, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yo‘l olgan.
Qutqaruvchilar yetib kelgach, yong‘inni qurshab olib, uning tarqalishining oldini olgan. Yong‘in soat 07:12 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida xabar kelib tushmagan. Bozordagi savdo rastalari va boshqa obyektlarga yetkazilgan zarar miqdori hozircha aniq emas.
Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan zarar miqdori mutasaddilar tomonidan o‘rganilmoqda.






























Izohlar 0
…