Ekskavatordan topilgan mushukcha qurilishda «xodim» bo‘ldi

Ekskavatordan topilgan mushukcha qurilishda «xodim» bo‘ldi

AQSHning Ogayo shtatida qurilishchilar ekskavator ichida qolib ketgan mitti mushukchani qutqarib olishdi. Bir necha haftalik mushukcha og‘ir texnika ichida qolib ketgan va uning ovozi ishchilar e’tiborini tortgan. Bu haqda People ma’lum qildi.

RiverReach Construction kompaniyasining operatsion supervayzeri Cheyz Guello ekskavatorni tekshirayotgan vaqtida mushukchaning miyovlaganini eshitgan. U texnika ostidagi og‘ir himoya panellarini ehtiyotkorlik bilan yechib, hayvonni tashqariga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

Ishchilar mushukchaning onasi va boshqa bolalarini ham izlashgan, ammo uning yolg‘iz qolganini aniqlashgan. Shundan so‘ng qurilish jamoasi unga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan.

Mushukcha Sue deb nomlangan. Bu nom u topilgan ekskavatorni ishlab chiqargan Komatsu brendi nomi bilan bog‘liq. Hozircha u vaqtincha parvarishda bo‘lib, keyinchalik kompaniyaning mexanigi xonadonida yashashi va ishga ham birga borib-kelishi rejalashtirilgan. Katta bo‘lgach, u kompaniyaning «shop cat»i — ya’ni ishxona mushugiga aylanadi.

Mushukchaning hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashdi. Kompaniya tomonidan joylangan videolar millionlab marta ko‘rilgan. Voqeadan xabar topgan Komatsu kompaniyasi esa Sue uchun maxsus mitti himoya kaskasi va xavfsizlik jileti tayyorlab berdi.

Shu tariqa, ekskavator ichida tasodifan topilgan mushukcha oddiy qurilish maydoni mehmonidan jamoaning sevimli ramziga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar