Asalarilar kasallansa, «dori»ni o‘zlari tanlar ekan

Asalarilar kasallansa, «dori»ni o‘zlari tanlar ekan

Olimlar asalarilarning kasallikka qarshi kutilmagan qobiliyatini aniqladi. Yangi tadqiqotga ko‘ra, ayrim bambl asalarilar zamburug‘li infeksiyaga duch kelganda tarkibida foydali tabiiy moddalar bo‘lgan nektarni ko‘proq tanlashi mumkin.

Tajribalarda olimlar asalarilarga oddiy shirin suv va tarkibida o‘simliklarda uchraydigan kversetin moddasi bo‘lgan nektarni taklif qilgan. Kasallikka duchor bo‘lgan koloniyalarda ushbu modda qo‘shilgan nektarga qiziqish oshgani kuzatilgan. Kversetin esa mikroblarga qarshi xususiyatlari bilan ma’lum.

Qizig‘i, bu asalarilarning o‘zini o‘zi «davolash» qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ilgarigi tadqiqotlarda ham asalari oilalari zamburug‘li kasallik xavfi paydo bo‘lganda o‘simlik qatronini ko‘proq yig‘ishi va bu infeksiya darajasini pasaytirishi mumkinligi aniqlangan.

Olimlar hozircha bu jarayonni to‘liq davolanish deb atashga shoshilmayapti. Ammo tabiatda jonzotlar kasallikka qarshi o‘z muhitidan foydalanishining bunday misollari fan uchun juda qiziq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar